Tengsizlik

Tengsizlik — sonlar yoki miqdorlar orasidagi munosabat sonlardan qaysi biri boshqasidan kattaligi yoki kichikligini koʻrsatadi. T.da ">" va "<" ishoralari qoʻllanilib, ularning uchi kichik son yozilgan tomonga qaratiladi. Matematika va uning tatbiklarida oʻzgaruvchi miqdorlarning barcha qiymatlarida toʻgʻri boʻlgan T.lar ham muhim ahamiyatga ega.