tuman | |
---|---|
Tarkibida | Surxondaryo viloyati |
Maʼmuriy markazi | Uchqizil |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Xaritada | |
37°13′0.1″N 67°16′59.9″E / 37.216694°N 67.283306°E |
Termiz tumani — Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Janubiy va gʻarbdan Afgʻoniston, sharqdan Tojikiston, shimolidan viloyatning Angor va Jarqoʻrgʻon, shimoli-gʻarbdan Muzrabot tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,86 ming km². Aholisi 78,6 ming kishi (2004). Tumanda 5 qishloq fuqarolar yigʻini (Pattakesar, Paxtaobod, Uchqizil, Xotinrabot, Yangiariq) bor. Markazi — Uchqizil qishlogʻi.[1]