Tosh

Tosh — 1) tarozi yordamida jismlar massasini oʻlchash, tortish uchun moʻljallangan, turli shakl va ogʻirlikdagi yuk, qadoq tarozi tosh, yaʼni ogʻirlik oʻlchovi; odatda, shayinli tarozida oʻlchanib, quyidagi toʻplami qoʻllanadi: 10 mg, 20 mg, 50 mg, 100 mg, 200 mg, 500 mg, 1 g, 2 g, 5 g, 10 g, 50 g, 100 g, 200 g, 500 g. Savdosotiqda va boshqa maqsadlarda foydalaniladigan tarozilarda bulardan katta massali T.lar ham qoʻllanadi; 2) masofa oʻlchov birligi, amir (yoki podsho) ning choparlari yoʻl uzunligani oʻlchayotganda har bir 8000 qadamga bir T. qoʻyib ketishgan. Agar 1 qadam q0,75 m boʻlsa, unda 1 T. q 800000,75 mq6000 m q 6 km boʻlgan.