Toshkent metropoliteni

Toshkent Metropoliteni
Maʼlumot
Davlat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Ochilgan vaqti 1977-yil 6-noyabr
Boshqaruvchi shirkat "Toshkent Metropoliteni" DUK
Davlat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Uzunligi 67,2 km
Stantsiyalari soni 50 ta
Yoʻllari soni 4 ta
Kunlik yoʻlovchilar soni 620,000 (2022)
Yillik yoʻlovchilar soni 71 million (2019)[1]
Boshligʻi Rahmonbek Usmonov
Sxemasi
Toshkent Metropoliteni — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi unitar korxonadir. Avval Oʻzbekiston temir yoʻllari kompaniyasi tarkibida boʻlgan. U Toshkent shahridagi jamoat transportlaridan biri boʻlgan metro tizimini boshqaradi.

2023-yil may oyi holatiga koʻra, Toshkent metropolitenining umumiy uzunligi 67,2 km, yoʻllari soni 4 ta va bekatlari soni 48 ta.[2] Metroda haftaning dushanba-juma kunlarida bir kunda 330,000 va shanba-yakshanba kunlarida esa 150,000 nafar yoʻlovchi tashiladi. Toshkent Metrosida 4,200 nafar ishchi-xodimlar yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi.

Metro bekatilarining eʼlonlar berish jarayoniga (Ehtiyot boʻling, eshiklar yopiladi, keyingi bekat…) suxandonlar Tuhfa Ahmedova, Raʼno Dehqonova, Manzura Ahmadaliyevalar ovoz berishgan. 2006-yildan boshlab Muslima Murodovaning ovozi oʻrnatilgan.[3]

Toshkent Metropolitenini rejalashtirish ishlari 1968-yilda, Toshkentdagi zilziladan ikki yil oʻtib, boshlangan. Markaziy Osiyoda yagona metro yoʻllari va bekatlar qurilishi 1972-yil iyul oyida boshlangan.

  1. „Rahmonbek Usmonov Toshkent metropoliteni rahbari etib tayinlandi“. Kun.uz (2021-yil 12-iyun). Qaraldi: 2021-yil 29-iyun.
  2. „Toshkent yerusti metrosining yana 5 ta bekati foydalanishga topshirildi“. kun.uz (2023-yil 25-aprel). Qaraldi: 13-iyun 2023-yil.
  3. „“Dadam ovozimni eshitib, yigʻlab yuborgan”. Toshkent metrosining doimiy yoʻlovchilariga yod boʻlgan ovoz egasi Muslima Murodova bilan suhbat“. daryo.uz (2021-yil 12-iyun). Qaraldi: 29-iyun 2021-yil.