Toshkent tibbiyot akademiyasi

Toshkent tibbiyot akademiyasi

TTA bosh oʻquv binosi
Xalqaro nomi
Tashkent Medical Academy
Turi Akademiya
Asos solingan sanasi 1920-yil
Rektori Shadmanov Alisher Kayumovich
Fakultetlar 6
Talabalari 9056 ta
Bakalavriat 6 yil
Magistratura 3-4 yil
Fan doktorlari 345
Professorlari 945
Oʻqituvchilari 1200
Manzili
Olmazor tumani
Veb-sayti Tma.uz
Map
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Toshkent tibbiyot akademiyasi — Respublikada yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlaydigan yetakchi oliy oʻquv yurti hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-iyuldagi 178-qarori bilan Toshkent shahrida 1- va 2-Toshkent davlat tibbiyot institutlari negizida (Toshkent birinchi tibbiyot instituti, Toshkent ikkinchi tibbiyot instituti) tashkil etilgan. Akademiya yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash sifatini oshirish, oʻqish jarayonini tashkil qilishning zamonaviy talablariga mos keladigan zarur oʻquv va moddiy texnika bazasini yaratish, ilgʻor taʼlim texnologiyalarini keng joriy etish asosida yangi mazmun bilan boyitish, boʻlgʻusi mutaxassislarning taʼlimi ular tomonidan aniq davolash amaliyoti malakalarini egallash bilan chambar-chas bogʻlab olib borilishini taʼminlash maqsadida tuzilgan. Akademiyada 5 ta (davolash, tibbiy-pedagogika, tibbiy-profilaktika, oliy hamshiralik ishi va malaka oshirish) fakultetlari, 58 kafedra, aspirantura, markaziy ilmiy tadqiqot va markaziy klinik labaratoriya, 2200 oʻrinli klinika, ilmiy tibbiy axborot boʻlimi, muzey, akademik litsey, kutubxona (800 mingdan ziyod asar), nashriyot va bosmaxona mavjud. Hozirgi kunda 9000 dan ortiq talaba, shuningdek, magistratura yoʻnalishida 40 mutaxassislik boʻyicha 600 dan ortiq rezident taʼlim oladi. Toshkent shahridagi yirik kasalxonalarda qoʻshimcha klinik bazalarga ega[1].

Toshkent tibbiyot akademiyasi Markaziy Osiyoda tibbiyot mutaxasisilari tayyorlaydigan eng yirik oliy taʼlim muassasasi xisoblanadi.

  1. OʻzME