Toshkent zilzilasi (1966)

Toshkent zilzilasi

Toshkent shahrining 1967-yilgi xaritasi. Xaritada bir yil avval yuz bergan zilzila oʻchogʻi koʻrsatilgan
Sana va vaqti 1966-yil 26-aprel
Mahalliy vaqt 05:23
Davomiyligi 10-12 soniya
Miqdori 7-8 balli
Chuqurligi 8-10 km
Taʼsir doirasidagi davlatlar (hududlar) Qozogʻiston
Qirgʻiziston
Qurbonlar 8 kishi halok boʻlgan, 150 kishi jarohat olgan (rasmiy maʼlumotlarga koʻra).
Zilzila qurbonlari xotirasi uchun barpo etilgan monument. Monumentning pastki chap qismida zilzila vaqtini koʻrsatib turuvchi soat yuzi aks etilgan.

1966-yilgi Toshkent zilzilasi — 1966-yilning 26-aprelida soat 5 dan 23 daqiqa oʻtganda Toshkent shahrida roʻy bergan falokatli zilzila. Magnitudasi uncha katta boʻlishiga qaramay (taxminan 6.2), oʻchogʻi yer sathiga yaqin boʻlgani tufayli 7-8 balli silkinishlar roʻy berdi va natijada shahar hududidagi koʻpgina inshootlar jiddiy talafot koʻrdi. Lekin shahar chekkasida zilzila 6 ballgacha pasaygani qayd etildi. 2-3 Hz chastotali yer silkinishlari 10-12 soniya davom etdi. Qurbonlar soni kamligi (8 kishi halok boʻlgan, bir necha yuz kishi jarohatlangan) esa silkinishlarning boʻylama boʻlganligi bilan izohlanadi, boʻylama tebranishlarda binolar katta zarar koʻrmaydi. Ammo hodisadan keyingi yurak va asab hastaliklari tufayli qurbonlar soni koʻpaydi.