Toshquduq qumligi — Qizilqumning shim.gʻarbiy qismidagi qumlik. Gʻarb va shim.gʻarbdan Amudaryo deltasi bilan chegaradosh, jan.gʻarbda Tabaqum kumligi, sharq va janubida Kizilqumning b. qumliklari bilan tutashgan. Toshquduq qumligi gʻarbdan sharqqa 38–40 km, shim.dan jan.ga 15– 17 km ga choʻzilgan. Balandligi gʻarbiy qismida 70–75 m, sharqida 138 m gacha. Shimoliy va shim.gʻarb tomon pasayadi. Toshquduq qumligida eol relyef shakllaridan qum marzalari, doʻng qumlar, barxanlar, koʻzanak qumlar tarqalgan, kum marzalari va doʻng qumlar oʻsimliklar bilan mustahkamlangan. Barxanlar koʻpincha quduqpar atrofida uchraydi. Shimoliy qismida taqirlar, jan.sharqiy qismida shoʻrxoklar (Ulkan Qorashoʻr) tarqalgan. Iklimi keskin kontinental, qishi sovuq, yozi issiq (tra 44° gacha koʻtariladi). Yogʻingarchilik kam (70–100 mm). Surqoʻngʻir qumli taqir tuproqlar hosil boʻlgan. Qumlikda choʻlga xos kserofit, psammofit va efemer oʻsimliklar (oq saksovul, juzgʻun, quyonsuyak, qum akatsiyasi, qandim, selin, shuvoq va boshqalar) oʻsadi. Quduqlar (Toshquduq, Oltinqum, Qoʻngʻirtepa, Qoshquduq, Saksovulquduq va boshqalar) bor. Hududi yaylov sifatida foydalaniladi. Murod Mamatqulov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |