Transilvaniya

Transilvaniya — Ruminiyaning shimolidagi tarixiy viloyat. Mil. 1-asrda T. hududi Getlardakiyaliklar davlatining asosiy oʻzagini tashkil qilgan. 2 a. boshi — 271 yilda rimliklarga, 11— 12-asrdan — venger qirollariga (1541-yildan turk sultoni vasiyligida) tobe boʻlgan. 1698—99 yildagi Karlovits kongressida Gabsburglar Vengriya qirolligi tarkibidagi T. ustidan oʻz nazoratlari oʻrnatilganini tan olinishiga erishdilar. Trianon sulh shartnomasi (1920)ga koʻra, T. Ruminiyaga berilgan. 1940-yilga Vena arbitraji qaroriga koʻra, Shimoliy T. Vengriyaga qoʻshilgan. 1947-yilgi Parij sulh shartnomalariga koʻra, 1938-yil yanvarga qadar mavjud boʻlgan RuminiyaVengriya chegarasi tiklangan.