Tuliy

69
Тулий
Tm
168,9342
4f136s2

Tuliy (yun. Thule — Tule, qadimgi geograflar Yerning shim. chegarasi deb hisoblagan yarim afsonaviy mamlakat nomidan olingan, lotincha, Thulium), Tm — Mendeleyev davriy sistemasining III guruhidagi lantanoidlartl mansub kimyoviy element. Tartib rakami 69, atom massasi 168,9342, zichligi 9,33 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 1545°, qaynash temperaturasi 1730°. Yer poʻstining massa jihatdan 2,710~4% ni tashkil etadi. Sunʼiy usulda olingan radioaktiv izotopi 170Tt tibbiyotda rentgenodiagnostikada, texnikada yupka devorli detallarni yoritishda qoʻllanadi.