Tundra zonalari

Tundra zonalari - asosan, Shimoliy yarim shardagi tabiat zonasi, Janubiy yarim sharda Antarktida yaqinidagi orollarda kichikroq maydonlarda uchraydi. Tundra zonalari subarktika va arktika mintakalarida joylashgan. Shimoliy yarim sharda Tundra zonalari Arktika muz saxrolari zonasi bilan janubida oʻrmon tundrasi oraligʻida. Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning shim. sohili boʻylab (eni 300–500 km) choʻzilgan. Radiatsiya balansi past, kishi 8—9 oy davom etadi (yanvarning oʻrtacha temperaturasi —40°, —50°), 60—80 sutka kugb tuni boʻlib turadi. Yozi qisqa (iyulning oʻrtacha temperaturasi 5—10°). Vegetatsiya davri 50—100 kun. Yillik yogʻin tekisliklarda 150–350 mm, togʻlarda 500 mm gacha. Yezda tuproqning 0,5—1,5 m qalinlikdagi ustki qismigina eriydi. Botqoqlik va koʻl koʻp. Iklimi sovuq boʻlgani uchun organik dunyosi ham kambagʻal. Hayvonot dunyosi oʻziga xos: oq kaklik va tundra kakligi, shimol bugʻusi, boʻri, lemming, qutb tulkisi koʻp. Yezda juda kup suv parrandalari uchib keladi. Hasharotlari xilmaxil. Aholi bugʻuchilik, baliq, muynali va dengiz hayvonlarini ovlash bilan shugʻullanadi.