Turmush tarzi

Turmush tarzi — kundalik hayot kechirish yoʻli. Lotin tilida modus vivendi deyiladi. Turmush tarzi shaxs dunyoqarashini aks ettiradi. Masalan, diniy dunyoqarashli shaxs turmush tarzi din normalari (spirtli ichmaslik, ibodat qilish) bilan belgilansa, ekologiyaga berilgan shaxs turmush tarzi atrofni kirlatmaslikka tirishish bilan xarakterlanadi.

Turmush tarzi — shaxs, ijtimoiy guruh, elat, millat, xalqning kundalik hayotini ifodalovchi tushuncha. Turmush tarziga turli jihatlar: falsafiy, sotsiologik, ijtimoiyiqtisodiy, ijtimoiyguruhiy va boshqa nuqtai nazardan yondoshiladi. Shaxs, ijtimoiy guruh Turmush tarzi muayyan davr shartsharoitlarining butun majmuasi bilan belgilanadi. Turmush tarzi ijtimoiy kategoriya. U turmush darajasi deb ataladigan iqtisodiy kategoriyaga nisbatan kengdir. Turmush darajasi, asosan, miqdor koʻrsatkichiga ega boʻlsa, Turmush tarzi ning mohiyati, mazmuni va namoyon boʻlish shakllari koʻp holatda kishilarning hayot kechirishi, mehnati, sogʻligi va hatto xulqatvori bilan ifodalanadi. Muayyan elat, millat va xalqning Turmush tarzi ularning yashash joylari bilan bogʻliq holda shakllanib oʻzgarib boradi. Oʻzbek xalqi oʻz gʻayot faoliyatida kamtarlik, kattalarga hurmat, mehnatsevarlik, bagʻrikenglik, sofdillik kabi axloqiy xislatlarga alohida eʼtibor beradi. Oʻzbek xalqidagi bunday fazilatlar milliy urfodat va anʼanalarda, kundalik hayot tarzi va millatlararo munosabatlarda aks etgan. Xalqimiz hayotida odobaxloq meʼyorlari asosidagi rasmrusumlar, anʼanalar va odatlarning ahamiyati beqiyosdir. Oʻzbek xalqi azaldan jamoa boʻlib yashab, mahalla, qoʻshnichilik udumiga qatʼiy rioya qilgan. Oilada tugʻilgan har bir goʻdakka yaxshi niyat bilan ism qoʻyilgan, savodini chiqarish uchun uni ustozmuallim qoʻliga topshirilgan. Farzandlarni hunarli va uyjoyli qilish otaonalar faoliyatining eng muhim vazifasiga aylangan. Odamlarning, xususan, yoshlarning yurishturishi, ular amal qiladigan tamoyillar hamisha jamoa nazarida boʻladi.

Akbar Oʻtamurodov.




Turmush tarzi - yashash shakli va hatti-harakatlar orqali aks etuvchi xulq-atvorning tashqi tomonidir.