Ugarit yozuvi — konsonant harftovush yozuvi (mixxat); mil. av. 14—13-asrlarda Ugarit davlatida ugarit tilidagi, shuningdek, xurrit tilidagi, baʼzan akkad tilitsagi matnlarni yozish uchun qoʻllangan. Ugarit yozuvida bitilgan matnlar Ugaritdan tashqari hududlarda, jumladan, Falastinda ham topilgan. Ugarit yozuvining shumerakkad mixxati bilan genetik aloqasi borligi haqidagi fikr uncha ishonarli emas. Uning finikiy va jan. arab yozuvi bilan kelib chiqishi bir degan faraz ham hozircha tasdiklanmagan. Ugarit yozuvi mil. av. 2-ming yillikning 1yarmigacha paydo boʻlgan. Dastlab Ugarit yozuvi bizgacha yetib kelmagan boʻgʻinli mixxat yozuvidan kelib chiqqan va unda 30 ta belgi boʻlgan. Bu belgilar, asosan, undosh tovushlarni ifodalagan. Matnlarni tushunishni osonlashtirish uchun maxsus soʻzajratkichlar (vertikal mixsimon belgilar) qoʻllangan. Mil. av. 2-ming yillikning 2yarmida Ugarit yozuvining finikiy yozuvi taʼsirida qisqargan shakli (30 ta oʻrniga 22 ta belgi) ham mavjud boʻlgan. Ugarit yozuvi baʼzi ijtimoiysiyosiy voqealar oqibatida mil. av. 1-ming yillik boshlarida muomaladan chiqqan. Ushbu yozuv 1929—30 yillardagi arxeologik kazishmalar natijasida fanga maʼlum boʻlgan va fransuz olimlari E.Dorm va Sh. Virollo xamda nemis olimi X. Bauer tomonidan oʻqilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |