Unvon — vakolatli organlar tomonidan belgilanadigan va beriladigan nom. Bu alohida shaxsning xizmatlari yoki kasb, xizmat, ilmiy va boshqa malakalari rasman eʼtirof etilganligini tasdiqlaydi. Unvon belgilash, berish va undan mahrum etish tartiblari, shuningdek, unvon bilan bogʻliq boʻlgan huquq va majburiyatlar qonun hamda boshqa normativ xujjatlar bilan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida Faxriy (qarang Faxriy unvonlar), harbiy (qarang Harbiy unvonlar), ilmiy (qarang Ilmiy unvon), maxsus professional, sport, akademik unvonlar, turli mukofot, konkurs laureatlari unvonlari va shu kabilar bor. Prokuratura organlaridagi prokuror va tergovchilar uchun belgilangan unvon chin, diplomatiya xodimlari uchun belgilangan unvon diplomatiya daraja va martabalari deb ataladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |