Ural tillari

Ural tillari

Ural tillarifinn-ugor tillari va samodiy tillari oilalarini oʻz ichiga olgan yirik til birlashmasi; mazkur til oilalarini baʼzi olimlar til guruhlari deb xisoblaydilar; ularning qarindoshligi esa fin olimi E. Setalya tomonidan isbotlangan. Ural tillari ancha katta hududda: shimolida — Norvegiya shim.dan Taymir yarim oroligacha, jan. da — Serbiya, Vengriya va Mordoviya respublikalarida tarqalgan. Sibir, quyi Volga va Kavkazdagi ayrim manzillarda ham finugor xalqlari yashaydi. Toponimika va gidronimika maʼlumotlari baʼzi finugor va samodiy xalklarining (karellar, saamlar, komilar, vepslar, mariylar, mordvalar, mansilar va boshqalar) oʻtmishda yanada kengroq hududda tarqalganidan darak beradi. Ayrim Ural tillari, mas, meryan, murom, mishchar, shuningdek, Sayan togʻliklaridagi kichikkichik qabilalarning tillari (soyot, mator, koybal va boshqalar) allaqachon yoʻq boʻlib ketgan, kamasin tili ham yaqindagina yoʻqolgan.

Ural tillari 2 ta katta tarmoqqa (oilaga): finugor tillari va samodiy tillariga boʻlinadi. Finugor tillari, oʻz navbatida, 5 guruhga ajraladi; 1) boltiqboʻyifin guruhida fin, ijor, karel va veps tillari shim. guruhchani, eston, vod, liv tillari jan. guruhchani tashkil etadi; 2) volga guruhi — mariy tili (barcha lahjalari bn), mordva tillari (erzyamordva, mokshamordva); 3) perm guru hi — udmurt, komiziryan, komipermyak tillari; 4) ugor guruhi — xanti va mansi tillari, venger tili; 5) saam guruhi — gʻarbiy va sharqiy lahjali saam tili. Samodiy tillari anʼanaviy tarzda 2 tarmoq yoki guruhga boʻlinadi: shim. — nenets, nganasan, ens tillari; jan. — selkup va (yaqinda yoʻqolgan) kamasin tili.

Ural tillarining keng hududda tarqalgani, boshqa xalklar tillarining taʼsiri bu tillarning turli satxlarida namoyon boʻluvchi katta tipologik farkdarning vujudga kelishiga sabab boʻlgan. Masalan, perm, ugor, mordva va mariy tillari agglyutinativ tillar boʻlsa, boltiqboʻyifin, samodiy tillari, ayniqsa, saam tili sezilarli flektiv xususiyatlarga ega. Maʼlum bir guruhga mansub tillar oʻrtasidagi yaqinlik darajasi bir xil emas. Saam tili oʻz xususiyatlariga koʻra boltiqboʻyifin tillariga oʻxshab ketsada, bu guruhga kiritilmaydi. Volga guruhidagi tillarning oʻzaro farklari ancha sezilarli. Xanti tilining ayrim laxjalari bir tilning lahjalaridan koʻra koʻproq mustaqil qarindosh tillarga oʻxshaydi.

Ural tillari oʻz kelib chiqishlaridagi umumiylikni koʻrsatuvchi belgilarni namoyon etadi: umumiy lugʻaviy qatlamlar, soʻz oʻzgartiruvchi va soʻz yasovchi qoʻshimchalarning shakliy yaqinligi, egalik suffikslarining mavjudligi, ishharakatning amalga oshishidagi davomiylik, koʻp martalilikni yoki oniylik, bir martalilikni bildiruvchi suffikslarning kupligi va boshqa Shu bilan birga, ayrim hozirgi Ural tillari sezilarli uziga xoslik bilan ajralib turadi: undosh fonemalar miqdori adabiy perm tillarida 26 taga yetsa, fin tilida ular boryugʻi 14 ta. Ural tillarida urgʻuning xususiyati ham bir xil emas: birinchi, oxirgi va undan oldingi boʻgʻinda bogʻliq holdagi urgʻular uchraydi. Unlilarga va diftonglarga boy boʻlgan tillar (mas, fin tili), shuningdek, turlituman undoshlari koʻp, lekin diftonglari oz bulgan tillar (perm tillari) ham bor. Kelishiklarning umumiy soni 3 tadan (xanti tili)23 tagacha (venger tili) yetadi. Oʻtgan zamon feʼllari tizimi tipologik jihatdan birbiriga uxshamaydi. Fin va eston tillaridagi utgan zamon tizimi latish tilidagi bilan bir xil boʻlsa, mariy va perm tillaridagi ayni shu tizim tatar va chuvash tillaridagiga oʻxshashdir. Nenets va mordva tillarida mayl tizimi rivojlangan boʻlsa, boshqalarida asosan shart mayli namoyon boʻladi. Koʻpchilik Ural tillarida inkor maxsus inkor feʼllari bn, mordva, ugor, venger va eston tillarida esa inkor yuklamasi orkali ifodalanadi.

Sintaksis sohasidagi tafovutlar ancha sezilarli. Boltiqboʻyifin, saam, venger, mordva va komiziryan tillarida hindevropa tillari — shved, nemis, rus tillarining, ayniqsa, ergash gapli qoʻshma gaplar tuzilishida ancha kuchli taʼsiri bor; samodiy, ugor va qisman udmurt, mariy tillarida esa ushbu tillar sintaksisini turkiy tillarniki bilan yaqinlashtiruvchi baʼzi arxaik belgilar saqlanib krlgan. Ayrim Ural tillari uzok, tarixiy rivojlanish mobaynida boshqa xalklar tillari taʼsiriga uchragan, bu taʼsir izlari asosan leksikada, qisman grammatik qurilishda seziladi.

Ural tillari juda qad. yozma yodgorliklarga ega emas, qad. yozma yodgorliklar venger tilida 1200-yil atrofida, karel tilida 13-asrda, qad. komi tilida 14-asrda, fin va eston tillarida 16-asrda, boshqa finugor tillarida esa 17-asr oxiri — 18-asr boshlarida yaratilgan. Hozirgi ural xalk,larida yozuv tizimi ancha notekis rivojlangan. Uzok, adabiy anʼanaga ega boʻlgan tillar (venger, fin, eston tillari) bilan bir katorda yozuvi yaxshi rivojlanmagan (nenets, xanti, mansi tillari) va yozuvsiz yoki yozuvi endigina shakllanayotgan (vod, veps va boshqalar) tillar ham mavjud. Ural tillarini, ayniqsa, finugor tillarini oʻrganish qad. anʼanalarga ega. Vengriya, Finlandiya, Rossiya Federatsiyasida, shuningdek, GFR, AQSH, Shvetsiya, Norvegiya, Fransiya va Yaponiyada ushbu tillarni oʻrganish boʻyicha yirik markazlar faoliyat koʻrsatmoqda.