Web-manzil | www.wikipedia.org |
---|---|
Interwiki | XX: |
Asosiy boʻlim | jami 287 boʻlim |
Asos solingan sana | 15-yanvar, 2001 |
Asoschi | Jimmy Wales va Larry Sanger |
Maqolalar soni | 20 milliondan dan ortiq |
Egasi | Wikimedia Foundation |
Litsenziya | erkin |
Reklama | yoʻq |
Vikipediya — koʻp tilli, erkin, onlayn ensiklopediya. U koʻngillilar jamoasi tomonidan ochiq hamkorlik hamda vikiga tayanuvchi tahrir tizimi asosida yoziladi va yuritiladi. Ushbu loyiha 2001-yil 15-yanvarda mutaxassislarga moʻljallangan Nupediaga toʻldiruvchi sifatida yaratilib, hozirda uni notijorat Wikimedia Foundation tashkiloti boshqaradi. Vikipediya bugunga kelib eng katta va eng koʻp koʻzdan kechiriladigan maʼlumot manbasiga aylandi[1]. Hozirda bu bepul ensiklopediyada dunyoning 283 tilida 59 milliondan oshiq maqola bor. Vikipediyaning eng katta ingliz tili boʻlimi 6911840 ta maqolaga ega. Taqqoslash uchun, qogʻoz nashrdagi ensiklopediyalar orasida eng kattasi boʻlmish Encyclopædia Britannica (Britaniya Ensiklopediyasi)dagi maqolalar soni 130 ming atrofidadir. Bundan tashqari, Vikipediyaning juda mashhur boʻlib ketishi ortidan unga yondosh Vikiombor, Vikilugʻat, Vikikitob, Vikiversitet, Vikiiqtibos hamda Vikiyangiliklar kabi loyihalar ham paydo boʻlgan.