Xarsangtosh – koʻpincha ohaktosh, dolomit, qumtosh, baʼzan fanit kabi togʻ jinslarining ajratib olinadigan notoʻgʻri shaklli (koʻndalangiga 15—50 sm) boʻlaklari. Xarsangtosh tayyorlash uchun qisilishga mustahkamlik chegarasi 100 Mn/m2 (1000 kgs/sm2)gacha boʻlgan togʻ jinslaridan foydalaniladi. Xarsangtoshlar poydevorlar ostiga solishga, ehromlar, yordamchi devorlar, kanalizatsiya, kanallar, gidrotexnik inshootlar va boshqa qurishda ishlatiladi. Ilgarigi vaqtlarda tegirmon toshlari sifatida keng foydalanilgan. Xarsangtosh oʻtmishda koʻpincha ochiq usulda, kam hollarda yer ostidan ajratib olingan. Qadimda xarsangtoshdan keng koʻlamda Xitoy, Misr, Mesopotamiya, Yunoniston, Rimda, oʻrta asrlarda hozirgi Oʻrta Osiyo hududida oddiy usudda qazib olingan. XVIII asrdan xarsangtosh olishda burgʻilab portlatish usulidan foydalanila boshladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |