Xronik alkogolizm

Xronik alkogolizm – spirtli ichimliklarni uzoq vaqt, surunkali, meʼyoridan ortiq ichish natijasida sekin-asta avj oladigan kasallik. Dastlab odam koʻp ichgani bilan oʻzini zaharlangandek his qilmaydi, qusmaydi, „ichkilikni koʻtaradigan“ boʻlib qoladi; u ichkilikka xirs qoʻyib butun fikri-zikri ichib, mast boʻlishga moyil boʻlib qoladi, faqat mastlik holidagina u orom topgandek boʻladi. Boshqa paytlarda oʻzini lanj sezib, noxush boʻlib yuradi. Avzoyi buzilib, mehnat qobiliyati pasayib ketadi. Kerakli ichkiligini ichib olgandan keyin chehrasi ochilib, koʻngli joyiga tushadi, ruhan tetiklashib qoladi.

Alkogolizmga mukkasidan ketish

Surunkali alkogolizmning rivojlanishi bilan qaram odamda salbiy fazilatlar kuchayadi, u xudbin, qattiqqoʻl va boshqalarga toqat qilmay qoladi. U oʻz nuqtai nazarini har qanday qarshilikni gʻazab va tajovuz bilan qabul qiladi, shuning uchun uni turmush tarzini oʻzgartirishga harakat qilish juda mushkul. Uning uchun hamma narsaning markazida alkogol va u bilan bogʻliq narsalar turadi. Asta-sekin, qaram odam oʻz ishiga, oilasiga qiziqishni yoʻqotadi, u yaqinlarining ehtiyojlari haqida qaygʻurishdan toʻxtaydi[1].

Vaqt oʻtishi bilan ichkilikka xirs qoʻyish tobora kuchayib, kishi huddi haddan tashqari ochqolgan, chanqagan odam koʻyiga tushadi, shunda uning koʻz qorachiqlari kengayib, aʼzoyi badanini ter bosadi. Mastlikning birinchi holatdagi beradigan rohati ham kamayadi, u edni insonni boʻshashtirmaydi, tinchlantirmaydi ham, aksincha serharakat, tinib-tinchimas qilib qoʻyadi. Bemor ichkilik ichmagan vaqti lanj, paishonxotir ahvolda boʻladi, ammo ichib olgach jonlanib, harakatlari chaqqonlashadi. Lekin bunday koʻngil hushlikdan u tezgina tajanglik, gʻazabga tushadigan, yigʻlayveradigan holatga oʻtib qolishi, shuningdek, unda oʻrinsiz rashk, janjalkashlik, bosqinchilik ruhi paydo boʻlishi mumkin[2].

  1. „Syrynkali alkogolizm“. Qaraldi: 2022-yil 28-avgust.
  2. Salomatlik ensiklopediyasi, 1985-yil — 450-bet.