Xum — ogʻzi keng yirik sopol idish; suv, oziq-ovqat mahsulotlari sakdashda ishlatiladi. Bal. 1,5 m gacha boʻladi. Loydan yasalib, X.ning belidan yuqori qismi chizma usulida handasiy naqshlar bilan bezatiladi, soʻng xumdonda pishiriladi. Asosan, idishning ichi sirlanadi, baʼzan tashqarisi ham beligacha sirlanishi mumkin. Koʻtarishga qulay boʻlishi uchun 2 (baʼzan 4) ta dasta ishlanadi. Oʻrta Osiyo hududida qadim (mil. av. 1-mingyillik 1-yarmi)dan keng foydalanilgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |