Yangi Kaledoniya Nouvelle-Calédonie
| |
---|---|
Shior: Terre de parole, terre de partage | |
Madhiya: Soyons unis, devenons frères[1] | |
Poytaxt |
Numea 22°16′S 166°28′E / 22.267°S 166.467°E |
Rasmiy til(lar) | fransuz |
Yetakchilar | |
Emmanuel Macron | |
• Hukumat prezidenti |
Louis Mapou |
Maydon | |
• Butun |
18,576 km2 |
• Suv (%) |
1.6 |
Aholi | |
• 2019-yilgi roʻyxat |
271 407[2] (184-oʻrin) |
• Zichlik | 14.5/km2 |
YIM (nominal) | 2019-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$9.44 milliard[3] |
• Jon boshiga |
AQSh$34,780[3] |
Pul birligi | CFP franki (XPF) |
Vaqt mintaqasi | UTC+11 |
Telefon prefiksi | 687 |
Internet domeni | .nc |
Yangi Kaledoniya (fransuzcha: Nouvelle-Calédonie) — Tinch okeanining janubi-gʻarbiy qismidagi orollar guruhi, Melaneziyada. Fransiyaning dengiz ortidagi hududi maqomiga ega. Maydoni 19,1 ming km2. Aholisi 271 407 kishi (2019)[2], asosan, melanezlar. Maʼmuriy markazi — Numea shahri. Rasmiy tili — fransuz tili. Orollarga ilk bor 1774-yil 4-sentabrda yevropaliklardan James Cook borgan.[4] Yangi Kaledoniya 1853-yildan Fransiya mulki. 1984-yilgacha Fransiya hukumati tomonidan tayinlanadigan oliy komissar boshqargan, 1985-yilgi saylovlardan so‘ng kongress (6 yil muddatga saylanadigan 54 ta aʼzo) boshqaradi. 1987-yilda o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra, qatnashuvchilarning 98 % Yangi Kaledoniyani Fransiya tarkibida qolishi tarafdori bo‘lgan.
Orollarning yer yuzasi vulqon jinslaridan tuzilgan yassitog‘lik. Eng baland joyi — 1628 m. G‘arbiy qismi sertepa tekislik. Iqlimi tropik iqlim, yanvarning o‘rtacha temperaturasi 24—26°C, iyulniki 20°C. Yillik yog‘in sharqida 3000mm, g‘arbida 700 mm yog‘adi. Yozda tropik dovullar bo‘ladi. Daryo ko‘p. O‘simlik dunyosi baland bo‘yli o‘tlar, siyrak igna bargli o‘rmonlardan iborat. Endemik o‘simlik turlariga boy. Temir va nikel rudalari qazib olinadi. Yangi Kaledoniya aholisi, asosan, dehqonchilik, baliq ovlash, chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Sholi, maniok va makkajo‘xori ekiladi. Yog‘ochsozlik, oziq-ovqat korxonalari bor, chetga metall, kofe, kopra chiqariladi.