Yangi yil | |
---|---|
Yangi yil archasi | |
Turi | Xalqaro |
Sana | Grigoriy taqvimida yilning birinchi kuni (1-yanvar) |
Nishonlanishi | Butun dunyoda nishonlanadi |
Qoidalari | mushaklar otish, archa atrofida aylanish, oilaviy hamda kechki bazmlar |
Yangi yil — eski yil tugaganidan keyin boshlanadigan navbatdagi yil; eski yilning tugashi va yangi yilning boshlanishi nishonlanadigan kun. Yilning boshlanishi turli xalqlarda har xil vaqtga toʻgʻri keladi. Koʻpchilik mamlakatlarda, xususan, Yevropa mamlakatlari har yili Yangi yilni milliy bayram sifatida 1-yanvar (Yangi yil kuni) kunida nishonlashadi[1]. Hijriy yil hisobi qabul qilingan joylarda esa quyosh yilining turli sanalarida bayram qilinadi. Oʻrta Osiyo va Sharq mamlakatlarida, shu jumladan, Oʻzbekistonda Navroʻz bayramini Yangi yilning kirib kelishi tariqasida qadimdan keng nishonlanadi.
Yilning boshlanishi 1-yanvar sifatida miloddan avvalgi 46-yilda Rim hukmdori Yuliy Sezar tomonidan oʻrnatilgan[2]. Qadimgi Rimda bu kun Yanus — tanlov, eshiklar va barcha boshlanishlar xudosiga bagʻishlangan. Yanvar oʻz nomini ikki yuz bilan tasvirlangan xudo Yanus sharafiga oldi: biri oldinga, ikkinchisi orqaga qaraydi[3].
Yangi yil, standart vaqtni hisobga olgan holda, Tinch okeanida boshlanadi, Kiribati Respublikasining Layn orollarida birinchi boʻlib kutib olinadi (UTC+14 vaqt zonasi). Amerika Samoasi, Miduey orollari va Niue (UTC-11 vaqt mintaqasi) aholisi Yangi yilni hammadan kechroq — Layn orollaridagi Kiribatida 2-yanvarda va yarim tundan keyin 1 soatdan keyin kutib olishadi[4].