Yoqut tili | |
---|---|
Milliy nomi | саха тыла |
Mamlakatlar | Rossiya |
Rasmiylik holati | Saxa Respublikasi |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 450 140 (2010)[1] |
Turkumlanishi | |
Til oilasi | Oltoy |
Alifbosi | (1929-39 yili) Lotin |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | - |
ISO 639-2 | sah |
ISO 639-3 | sah |
Saxa (yoqut) tili (saxa.: саха тыла) — turkiy tillarning sharqiy tarmogʻiga mansub til; Rossiya Federatsiyasining Saxa Respublikasida, qisman Amur, Magadan, Saxalin viloyatlarida, Taymir va Evenk muxtor viloyatlarida tarqalgan. Saxa tilida 430 mingdan ortiq kishi soʻzlashadi (1993). Markaziy, vilyuy, shimoli-gʻarbiy va taymir sheva guruxlari farqlanadi. Morfologiyasi agglyutinativ harakterda boʻlib, sonlar, olmoshlar hamda kelishiklar boʻyicha boshqa turkiy tillardan bir kadar farqlanadi. Leksikasida oʻz fonetik qiyofasini saqlab qolgan moʻgʻulcha oʻzlashmalar, shuningdek, evenk va rus tilidan kirgan soʻzlar koʻplab uchraydi.