YouTube

YouTube
Tijoratmi Ha
Sayt turi Videohosting
Roʻyxatdan oʻtish majburiy emas
Qaysi tillarda 76 til[1]
Muassisi Google
Ochilgan sanasi 14-fevral, 2005-yil (19 yil avval) (2005-02-14)
URL youtube.com

YouTube, LLC — online video ulashish va ijtimoiy media platformasi. Bosh ofisi Kaliforniyaning San Bruno shahrida joylashgan. YouTubedan foydalanish qulay va koʻrish osonligi tufayli juda ham mashhur va kirib koʻruvchilari soni koʻpligi boʻyicha jahonda uchinchi oʻrinda turadigan saytdir. Saytda video koʻruvchilar soni kuniga 2 milliarddan ortiq hisoblanadi. Saytda professional videolavhalardan tortib, havaskor videolar, videobloglargacha taqdim etilgan.

2018-yilning dekabrida Oʻzbekistonda YouTube bloklangan[2]. 2019-yil yanvarida blokdan chiqarilgan[3].

Soliq bloger tomonidan eʼlon qilingan videoning Qoʻshma Shtatlarda qayd etilgan koʻrishlar sonidan tushadigan daromadga solinadi. Agar bloger zarur maʼlumotlarni vaqtida taqdim etsa, soliq stavkasi mamlakatda amal qiluvchi qonunga binoan daromadning noldan 30 foizigachani tashkil etadi. Googleʼning AQSHda boʻlmagan blogerlar uchun solinadigan soligʻi 2021-yil iyundan boshlab kuchga kirgan[4]. Hozirda Youtubening YPP (youtube sheriklik dasturi) Oʻzbekistonda ishlamaydi.[[1]]

YouTube ishga tushirilganidan soʻng 2011-yilga qadar foydalanilgan logo. Ushbu logoning yana bir versiyasi „Broadcast Yourself“ yozuvisiz 2015-yilga qadar foydalanilgan.
2015-yildan 2017-yilga qadar foydalanilgan logo.
2017-yildan 2024–yilga qadar foydalanib foydalanilgan logo.
2024-yildan hozirga qadar foydalanib kelinayotgan logo.
2021-yilda „YouTube“ning servis holati mamlakatlar boʻyicha:
  «YouTube»ning lokal versiyasi bor;
  Foydalanish mumkin
  Blokirovka qilingan.
  Oldinroq blokirovka qilingan edi;
  1. YouTube language versions, imgur.com
  2. 1-dekabrdan Interner 10 marta tezlashadi, deb vaʼda berildi, lekin Facebook va Youtube nega ochilmayotganini hech kim bilmayapti
  3. „FB, YouTube va VK VPN`siz ishlashni boshladi“. kun.uz.
  4. „Google АҚШдан ташқаридаги ютуберлардан даромад солиғи олишни бошлайди“. Bugun.uz. 24-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 12 март. (Wayback Machine saytida 24-iyul 2021-yil sanasida arxivlangan)