Yugoslaviya

Bayroqning oʻrtasida joylashgan qizil yulduz kommunizmni anglatadi.[1]

Yugoslaviya – Janubiy Yevropadagi davlat (2003-yilgacha mavjud boʻlgan). Serblar, xorvatlar, slovenlar qirolligi negizida 1929-yil tashkil topgan. Serbiya, Xorvatiya, Sloveniya, Bosniya va Gersegovina, Makedoniya, Chernogoriya uning ichida boʻlgan. 1929-yil yanvar Yugoslaviya diktaturalarining harbiy monarxiyasi qaror topgan. 1941-yil martda Yugoslaviya hukumati fashist davlatlari tashkiloti Berlin pakti (1940-yil 7-sentyabr) ga qoʻshildi. Bu Yugoslaviyada keng norozilik harakatiga sabab boʻldi; 27-mart fashistik hukumat agʻdarildi. 1941-yil 6 aprel Yugoslaviya fashist Germaniyasi bostirib kirdi va mamlakat hududi Germaniya tomonidan ishgʻol etildi. Xalq ozodlik kurash avj oldi. Mamlakatning shim.sharqiy qismi 1944-yil ozod etildi. 1945-yil 15-mayda sovet qoʻshinlari hamda Yugoslavia armiyasi birgalikda Yugoslaviyani fashistlardan ozod qilishni nihoyasiga yetkazdi. 1945-yil 29-noyabrda Yugoslaviya Federativ Xalq Respublikasi (YFXR) eʼlon qilindi. 1946-yil 31-yanvar federatsiya konstitutsiyasi tasdiqlandi. 1963-yilda qabul qilingan konstitutsiya boʻyicha mamlakat Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi (YSFR) deb nomlandi. Yugoslaviya kommunistlari hukumati tepasida Yugoslaviya Ittifoqi partiyasi turdi. Yugoslaviyada hukumat oʻz oldiga boshqaruvning sotsializm asosida Yugoslaviya modelini qurish jarayoni qoʻyildi. 1980-yilardan mamlakat ogʻir iqtisodiy va siyosatga duch keldi. Bunga qisman butun dunyoda kechayotgan iqtisodiy inqirozlar hamda iqtisodiy boshqaruvdagi sotsial model sabab boʻldi. 1991-yil USFR parchalanib ketdi. Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Makedoniya federatsiya tarkibdan chiqib ketdi va mustaqil davlatlarga aylandi. 1992-yil Serbiya bilan Chernogoriya Yugoslaviya Ittifoq Respublikasini tuzdilar. 2003-yil 4-fevraldan bu davlat Serbiya va Chernogoriya deb atala boshlandi.


  1. Map Universal, History, Facts, Breakup and Map of Yugoslavia (Wayback Machine saytida 2019-01-02 sanasida arxivlangan)