Sifilis | |
---|---|
KXK-10 | A50-A53 |
KXK-9 | 090-097 |
MedlinePlus | 001327 |
eMedicine | med/2224 emerg/563 derm/413 |
Zaxm yoki sifilis – barcha aʼzo va sistemalarning zararlanishi bilan kechadigan surunkali tanosil (venerik) kasalligi. Zaxm qadimdan maʼlum. Uning yer yuzida paydo boʻlishi va tarqalishi haqida turli fikr va nazariyalar mavjud. Koʻp olimlar fikriga koʻra, Xristofor Kolumbning zaxm bilan kasallangan matroslari (Shoraximov Sh 303-DI) Ispaniyada zaxm tarqalishiga sabab boʻlgan1496-yilda epidemiya boshlanib, Italiya, Fransiya, Shveysariya, Germaniya, keyin Avstriya, Vengriya va Polshaga tarqalgan. Ayrim olimlar Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharqda qadim zamonlarda ham mavjud boʻlgan degan fikrdalar. Oʻtmishning buyuk olimlari Galen, Gippokrat, Abu Ali ibn Sino va boshqalarningning asarlarida yozilgan kasallik belgilari (yara, afta, kondiloma va boshqalar) aynan klinikasini eslatadi. Zaxm XVI boshlarida deyarli butun dunyoda paydo boʻlgan. Zaxmni oqish treponema (Spiroxetalar) qoʻzgʻatadi (bu mikroorganizm anilin boʻyogʻi bilan yomon boʻyalganligi uchun oqish deyiladi). U bemor qonida, teridagi yarada, limfa tugunlari, orqa miya suyuqligida, soʻlagida, nerv toʻqimalari va hamma aʼzolarida, hatto zaxm bilan ogʻrigan ayol sutida va erkak shahvatida ham boʻladi. Oqish treponema organizmdan tashqarida quritilganda oʻladi, lekin nam muhitda (masalan, shahvat, soʻlakda, qin shilimshigida) uzoq yashaydi[1].